Madaniyat va dam olishSayohatUmumiy

Qishda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar

 1-o‘rin: Maldiv orollari

Harorat: yil bo‘yi +26…+30°C

Maldiv — bu qishdan qochish uchun eng to’gri manzili. Oqartiruvchi qumlar, shaffof okean, suv ustidagi villalar. Bu yerda dekabr ham iyuldan farq qilmaydi — doim yoz.

 Romantik sayohat, honeymoon, sokin dam olish uchun ideal.

 2-o‘rin: Bali oroli (Indoneziya)

Harorat: +25…+31°C

Bali — ruhiy va vizual rohat. Yashil tropik o‘rmonlar, vulqonlar, okean, va sohil bo’yida dam olmoqchi bo’lganlar uchun.

 Instagram, blogerlar, aktiv va ma’naviy sayohat uchun zo‘r tanlov.

3-o‘rin: Dubay (BAA)

Harorat: +20…+35°C

Dubayda “qish” — bu faqat yoqimli bahor. Quyosh, cho‘lda safari, hashamatli mehmonxonalar va shopping.

Qulay servis, hashamat va tezkor sayohatni yoqtiradiganlar uchun.

 4-o‘rin: Tailand

Harorat: +26…+33°C
Qish bormi? Yo‘q

Tailand — hamyonbop tropik jannat. Phuket, Krabi, Pattaya — barchasida yil bo‘yi issiq havo hukm suradi. Qishda ham dengizga tushish mumkin.

 Do‘stlar bilan, uzoq muddatli va arzon sayohat uchun to’gri tanlov.

 5-o‘rin: Kanar orollari (Ispaniya)

Harorat: +20…+28°C

Yevropadagi “abadiy bahor” hududi. Qishda ham quyoshli, okean sovuq emas. Afrikaga yaqinligi sabab iqlimi juda iliq.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 133

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *