Madaniyat va dam olishUmumiy

Melaniya Tramp haqidagi hujjatli film kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp haqida suratga olingan “Melaniya” nomli hujjatli film kinoteatrlarga chiqarildi.
 
“Melaniya” 104 daqiqa davom etuvchi hujjatli film bo‘lib, unda Melania Trampning eri Donald Trampning 2025-yildagi ikkinchi prezidentlik inauguratsiyasi oldidan o‘tgan 20 kunlik hayoti va faoliyati aks ettirilgan.

Film rejissyori  Brett Ratner. Loyiha Amazon MGM Studios tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u hujjatli filmlar orasida eng yirik moliyaviy bitimlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Film kinoteatrlarda namoyish etilishi bilan jamoatchilik va tanqidchilar e’tiborini tortdi. Ayrim mutaxassislar uni qiziqarli hujjatli loyiha sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar film mazmuni va uslubiga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirmoqda.

Shunga qaramay, “Melaniya” hujjatli filmi siyosat ortidagi hayot, birinchi xonimning ichki dunyosi va omma ko‘rmagan jihatlarini yoritib berishi bilan tomoshabinlar uchun qiziq bo‘lishi kutilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *