Hech kim bo‘lmagan paytda qiladigan ishlaringiz — aslida sizni eng yaxshi holatda tasvirlaydi va ha, ularning ko‘pini hech kim bilan bo‘lishmaysiz.

- Bir xil sahnani qayta-qayta tomosha qilasiz.
- Boshingizda o‘tgan suhbatlarni yana boshidan o‘tkazasiz.
- “Shunday deganimda edi…” degan ehtimollarni o‘ylaysiz.
- Devorga tikilib qolasiz ammo miyangiz tinmaydi.
- O‘zingiz bilan gaplashasiz (baland ovozda bo‘lmasa, hisobga o‘tmaydi).
- Umuman aloqasi yo‘q bir qo‘shiqdan ta’sirlanib ketasiz.
- Xabar yozib, keyin o‘chirib tashlaysiz.
- Hech narsa qilmasangiz ham charchaysiz.
- Kichkina bir o‘zgarish qilsam, hammasi joyiga tushadi deb o‘ylaysiz.
- “Men o‘zi normalmanmi?” deb o‘zingizni so‘roqqa tutasiz.


















