Kino va teatr aktrisasi Anjelika Yesimbetova “Efirda To‘raxonov” ko‘rsatuvida qatnashib, “Namozshomgul” filmidagi roli uchun 35 kilogramm vazn tashlagani haqida so’zlab berdi.
San’at yo‘li va ijodiy faoliyatdagi bosimlar sabab vazn ortishi uning salomatligiga ham, ruhiy holatiga ham ta’sir qilgan. Biroq navbatdagi rol aktrisadan jiddiy o‘zgarishni talab qilgan.

“Namozshomgul” filmidagi ijrom uchun 35 kilogramm vazn tashladim. Yana 20-25 kg ozsam, yetadi. Bu maqsadimni dugonam Bahora Arslonovaga necha yillar avval aytgandim. U kinoda singlim rolini o‘ynashi kerak edi. Ammo film u uchinchi farzandini dunyoga keltirishi kerak bo‘lgan vaqtlarda suratga olingani uchun nasib qilmadi. Xullas, shu loyihada o‘ynasam, ozishga kirishaman, lekin o‘xshamay qolsa ham, baribir harakatni boshlayman, deb turgandim. Sababi og‘ir vaznning eng “cho‘qqisi”ga yetib kelgandim. O‘zimni yomon his qilib, oyog‘imda og‘riqlar boshlangandi. Salomatligimga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi, deydi aktrisa.
Aktrisa bu jarayon oson bo‘lmaganini, ammo iroda va maqsad aniq bo‘lsa, har qanday natijaga erishish mumkinligini ta’kidlagan. Uning bu hikoyasi ko‘plab muxlislar uchun motivatsiya bo‘ldi.


















