
O‘zbek estradasining sevimli xonandasi Manzura turmushga chiqish arafasida ekanini e’lon qildi — bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi!
💍 Xonanda Instagram’ga joylagan reels’ida — “Men ha dedim…” deb yozib, kelajakdagi turmush o‘rtog‘iga o‘z roziligini bildirdi, shuningdek yaqinda fotiha marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Manzura Chimkentga qilgan safarida o‘zining bo‘lajak jufti bilan uchrashganini aytdi — ular bir-birlarini bir oy avval tanishgan. Bo‘lajak kuyov xonandadan taxminan 20 yosh kichik ekanligi ochiqlandi.
Manzura qarorini yosh farqi emas, balki juftining fikrlashi, oilaviy qadriyatlari va munosabati asosida qabul qilganini ta’kidladi. Ular o‘zaro hurmat va uyg‘unlik asosida yangi hayot bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Muxlislar bu quvonchli voqeaga ijobiy munosabat bildirmoqda va xonandaga baxt tilamoqda. Rasmiy to‘y sanasi hali e’lon qilinmagan lekin Manzura o‘z baxtli qarorini allaqachon muxlislar bilan bo‘lishdi va yangi hayotga tayyorlanmoqda!


















