UmumiyYangiliklar

Yillardir davom etgan sukutdan so‘ng: Afra Saracho‘g‘li otasi bilan munosabatlarini tikladi

Turkiyaning mashhur aktrisasi Afra Saracho‘g‘li shaxsiy hayotidagi muhim o‘zgarish haqida ma’lum bo‘ldi. U 13 yoshidan beri deyarli ko‘rishmagan otasi bilan yana muloqot o‘rnatgan.

Ma’lumki, Afraning ota-onasi u hali o‘smirlik davrida ajrashgan. Shundan so‘ng aktrisa otasi bilan aloqani uzgan va bu mavzu uning hayotidagi og‘riqli sahifalardan biri bo‘lib qolgan. Avvalgi intervyularida u bolaligida otasidan ranjiganini ham yashirmagan edi.

Oradan yillar o‘tib, Afra o‘tmishni ortda qoldirishga qaror qilgan. Ular ilk bor xorij safarlaridan birida uchrashib, suhbatni qayta boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan munosabatlar iliqlasha borgan va hozirda oila a’zolari yana bir stol atrofida jam bo‘lishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning otasi Turkiyaga kelib, qizi bilan bir necha bor uchrashgan. Hatto sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ham muloqot qilgani aytilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 120

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *