Mashhur xonanda Shirin Zoitova yaqinda bergan intervyusida ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlik keltirgan qizi Yasmin haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. U aytishicha, qizi bu darajada mashhur bo‘lib ketadi, degan fikr avval boshda unga unchalik yaqin bo‘lmagan. Shirin Zoitova bu vaziyatni juda hayajon bilan qabul qilganini aytgan.

Shuningdek, u suhbat davomida Bobur Bobomurod haqida ham iliq fikrlar aytgan. Shirin Zoitova Bobur akani nafaqat san’at sohasida bilimli inson, balki hayotning turli jabhalarida — yurish-turish, kiyinish, tarbiya va odamlar bilan munosabatda bo‘lish kabi mavzularda ko‘p narsa o‘rgatgan ustoz sifatida tilga olgan.


















