Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan Qorachoy-Cherkesiya Respublikasining “Xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Yuksak mukofot san’atkorni aynan o‘zining kichik vatani — “Qorachoy-Cherkesiya Respublikasi”da topdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu unvon xonandaning san’at sohasidagi ko‘p yillik mehnati, milliy madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ijodiy yutuqlari uchun berilgan. Dima Bilan uzoq yillardan beri nafaqat Rossiyada, balki xalqaro maydonda ham faol ijod qilib kelmoqda.
Alohida ta’kidlash joiz, bu mukofot san’atkor uchun ramziy ahamiyatga ega. Chunki u aynan Qorachoy-Cherkesiya hududida tug‘ilib, bolalik yillarini shu yerda o‘tkazgan. Shu bois, unvonning vatanda topshirilgani xonanda uchun yanada unutilmas voqeaga aylandi.


















