Sayohatchilar va blogerlar talqiniga ko‘ra, quyidagi mamlakatlar tabiat mo‘’jizalari, qadimiy obidalari va o‘ziga xos muhiti bilan go‘yo ertak sahnasini eslatadi. Ular nafaqat chiroyli, balki o‘ziga xos ruhi bilan ham ajralib turadi.
1. Butan
Himolay bag‘rida joylashgan bu qirollik sokinligi va qadimiy monastirlari bilan mashhur. Qoyatosh ustiga qurilgan Tiger’s Nest Monastery mamlakat ramziga aylangan. Butan rivojlanishni hatto “Milliy baxt indeksi” orqali baholaydi.

2. Islandiya
Vulqonlar, muzliklar, sharsharalar va shimoliy yog‘dular uyg‘unligi Islandiyani fantastik manzilga aylantiradi. Bu yerning landshaftlari ilmiy-fantastik film dekoratsiyasini eslatadi.

3. Germaniya
Ayniqsa Bavariya hududidagi Neuschwanstein qal’asi ertak qasrining o‘ziyoq mamlakatni ro‘yxatga kiritish uchun yetarli. Qalin o‘rmonlar va Alp manzaralari bu hududni sehrli ko‘rinishga keltiradi.

4. Yangi Zelandiya
Yashil vodiylar va tog‘lar mamlakati. Aynan shu yerda The Lord of the Rings suratga olingan va uning ertaknamo tabiati butun dunyoga mashhur bo‘lgan.

5. Sloveniya
Ko‘l o‘rtasidagi orol va qasr bilan mashhur Bled ko‘li manzarasi haqiqiy kartinadek ko‘rinadi. Kichik bo‘lishiga qaramay, mamlakat o‘zining romantik muhiti bilan ajralib turadi.



















