UmumiyYangiliklar

Sahnada romantik taklif: Shahlo Salayevaning qo‘li so‘raldi

Kecha 16-fervralda bo‘lib o‘tgan konsert davomida tomoshabinlar kutilmagan va hayajonli lahzaga guvoh bo‘lishdi. Mashhur xonanda Shahlo Salayevaning qo‘li sahnaning o‘zida romantik tarzda so‘raldi.

Konsert qizg‘in pallaga kirgan bir paytda sahnaga chiqqan turk ijodkori Veysel Dulger Shahloni romantik tarzda tabriklab, unga uzuk taqdim etdi va turmush qurish taklifini bildirdi. Zal bir zumda qarsaklar va hayajonli qiyqiriqlarga to‘ldi.

Xonanda taklifga ijobiy javob qaytargani aytilmoqda. Ushbu lahza tomoshabinlar uchun konsertning eng esda qolarli voqeasiga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama

Mazkur romantik taklifdan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Muxlislar xonandani samimiy tabriklab, unga baxt va totuvlik tilamoqda. Ko‘pchilik bu voqeani “yilning eng chiroyli sahna syurprizi” deya baholadi.

Shahlo Salayevaning shaxsiy hayotidagi bu yangi bosqich san’atkor muxlislari tomonidan iliq qarshi olinmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 120

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *