Mashhur balerina Anastasiya Volochkova oyoqdagi shishni olib tashlash uchun operatsiya qilindi. U bu chorani majburiy deb atadi va o‘zini “Germaniyaning eng mashhur va tajribali shifokorlari”da davolanganini ta’kidladi.
Ammo aslida Volochkova tanlagan Marien-Hospital klinikasi mahalliy aholida turlicha fikrlar uyg‘otmoqda. Manbalarga ko‘ra, operatsiya qiymati taxminan 1 million rublni tashkil qilgan, bu esa Germaniyada o‘rtacha narx hisoblanadi. Shu bilan birga, balerina qimmatbaho reabilitatsiya va qo‘shimcha xizmatlardan voz kechib, mablag‘ni tejashni maqsad qilgan.
Mahalliylar aytishicha, ushbu klinika ko‘proq mashhurlar bilan emas, balki ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qabul qilishi bilan mashhur. Qonunga ko‘ra, klinika bo‘sh yotqizish joylarini bepul qabul qilinadigan fuqaro va boshpanasizlar uchun ajratishi kerak, shuning uchun ba’zan bemorlar rejalashtirilgan muddatidan erta chiqariladi.


















