Mashhur aktyor Robert Pattinson va aktrisa Zendaya mart oyidagi Interview Magazine jurnalining muqovasini bezadi.

Ularning ishtirokidagi arthaus uslubidagi fotosessiya yangi filmi “Drama” chiqishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ular bosh rollarni ijro etishgan.

Fotosessiya va muqova ijodiy yondashuv va obrazlarning chuqur ifodasi bilan e’tiborni tortmoqda, muxlislar va kino ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.


















