Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Ummon” 10 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytmoqda

10 yillik tanaffusdan keyin mashhur Ummon guruhi yana katta sahnaga chiqadi. Jamoa yaqin kunlarda Toshkentdagi Humo Arena majmuasida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Guruh a’zolari uzoq tanaffusdan keyingi uchrashuvni muxlislar uchun unutilmas shouga aylantirish niyatida. Ayni paytda repetitsiyalar qizg‘in davom etmoqda. Dastur texnik va ijodiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, sahna bezagi hamda yorug‘lik effektlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jasurning ovozi ham yangraydi

Konsertning eng ta’sirli jihatlaridan biri — marhum a’zo Jasur Rafiqov ijrosining saqlab qolinishi bo‘ladi. Guruh vakillarining aytishicha, uning ovozi ayrim qo‘shiqlarda o‘z holicha yangraydi va muxlislar sevimli xitlarni yana bir bor birgalikda kuylash imkoniga ega bo‘ladi.

Konsert dasturi uch qismdan iborat bo‘ladi:

  • Guruhning ilk ijodiy yillaridagi mashhur xitlar
  • 2012–2013 yillarda yaratilgan qo‘shiqlar
  • Yangi va qayta ishlangan taronalar

Shuningdek, ayrim qo‘shiqlarda yakkaxon ijrolar ham taqdim etilishi kutilmoqda.

 “Ummon”ning sahnaga qaytishi nafaqat muxlislar, balki o‘zbek estrada olami uchun ham muhim voqea sifatida baholanmoqda. Guruh vakillari konsertdan so‘ng hududlarda ham chiqishlar tashkil etilishi mumkinligini ma’lum qilgan. 10 yillik sukutdan keyingi bu konsert jamoaning yangi bosqichini boshlab berishi kutilmoqda

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *