Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yoqimli ammo biroz yurakni ezuvchi videoda Punch ismli kichkina maymun doim yumshoq o‘yinchog‘ini quchoqlab yurishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Punchni onasi tark etgan. Shu sababli u o‘zini yolg‘iz his qilmaslik va xavfsizlik topish uchun yumshoq o‘yinchoqqa qattiq bog‘lanib qolgan. Videoda u qayerga bormasin, o‘yinchog‘ini yonidan ayirmaydi hatto uxlayotganda ham uni quchoqlab yotadi.

Mutaxassislar buni kichkina hayvonchalarda ham mehr, himoya va xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj kuchli bo‘lishi bilan izohlaydi. Punchning holati esa ko‘plab insonlarni hayvonlarga nisbatan yanada mehribon va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirmoqda.



















