Ba’zi mamlakatlarda shunday qonunlar borki, ularni eshitib hayron qolishingiz mumkin. Quyida dunyodagi eng noodatiy qonunlar mavjud davlatlar haqida:
Singapur
Bu yerda jamoat joyida saqich chaynash taqiqlangan. Qonun shahar tozaligini saqlash maqsadida qabul qilingan.
Shveysariya
Ba’zi hududlarda tungi vaqtda shovqin qilish, hatto suvning baland ovozda oqishi qo‘shnilarga noqulaylik tug‘dirsa, qoidabuzarlik hisoblanadi.
Tailand
Mamlakatda pulni oyoq osti qilish yoki qirol tasviri tushirilgan kupyurani hurmatsiz tutish jinoyat sanaladi.
Italiya
Ba’zi shaharlarda ko‘chada yarim yalang‘och holda yurgan erkaklar jarimaga tortilishi mumkin. Qonun jamoat tartibini saqlash uchun joriy etilgan.
Yaponiya
Yaponiyada sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kompaniyalar xodimlarining bel atrofi o‘lchami bo‘yicha nazorat tizimi mavjud.
Avstraliya
Avstraliyaning eng kulgili taqiqlaridan biri shundaki, yakshanba kunlari sizga pushti shim kiyib yurish mumkin emas.
















