Turkiyalik taniqli xonanda Yıldız Tilbe Ramazon oyida dunyoning turli mintaqalarida muhtojlarga katta yordam ko‘rsatmoqda. U Ramazon davomida G‘azoda qurolli to‘qnashuvlar va qiyin sharoitlar natijasida ochlikdan azob chekayotgan 12 000 kishiga har kuni issiq iftor dasturxonini tashkil qilib bermoqda. Bu xayriya tadbiri nodavlat tashkilotlar orqali amalga oshirilmoqda.
Tilbe o‘z xayriya faoliyatini faqat bitta hudud bilan cheklamay, “Har bir uyda issiq ovqat bo‘lishi kerak!” degan shior ostida yordamni keng geografik hududlarga yoymoqda. Uning rejalari doirasida yordam Yaman, Suriya, Afg‘oniston, Sharqiy Turkiston (Xitoyning Shinjon viloyati), Efiopiya, Janubiy Sudan, Arakan va Kashmir kabi hududlargacha yetkazilishi mo‘ljallangan.
Ramazon iftori dasturxonlarini tashkil etish va muhtojlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish ishlarini esa Yıldız Tilbe nomidan Quddus ko‘ngillilari uyushmasi amalga oshirmoqda. Bu tashkiliy guruh yordamni aniq manzillarga yetkazishni ta’minlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yıldız Tilbe G‘azoda ikki xil chodir shaharchasini barpo etish uchun ham Quddus ko‘ngillilari uyushmasiga 300 000 AQSH dollari miqdorida xayriya qilgan edi.
















