Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Ozoda Nursaidova filmda kichik rol o‘ynashining sababi — asosi qo‘shiqlaridan ilhomlangan ssenariy

O‘zbekiston estradasi yulduzi Ozoda Nursaidova yaqinda qo‘shiqlari asosida suratga olingan yangi filmdagi kichik epizodda nega rol o‘ynaganini tushuntirib berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, film ssenariysi xonandaning 2002 yilda kuylangan “Bemor qiz nolasi” va 2006 yilda taqdim etilgan “Kechagimas 2” qo‘shiqlari asosida yaratilgan. Dastlab rejissyor kino uchun Ozodani bosh rolga taklif qilgan, ammo u aktyorlik bilan professional shug‘ullanmasligi sababli bu taklifni rad etgan.

Shunga qaramay, ssenariy juda ta’sirli yozilganligi sababli san’atkor istisno tariqasida kichik bir epizodda qatnashishga rozi bo‘lgan. Ozoda o‘z qarorini shunday izohladi:

“Rejissyor menga filmning aynan qo‘shiq asosida yaratilganini tushuntirdi. U voqealar rivoji va syujet mazmuni qo‘shiqdan ilhomlanganini aytib, hech bo‘lmaganda kichik bir rolda ishtirok etishimni so‘radi. Men bunga rozi bo‘ldim. Filmni tomosha qilar ekanman, juda ta’sirlandim, hatto yig‘lab yubordim.”

Shu tariqa Ozoda Nursaidova o‘z prinsiplariga sodiq qolgan holda, faqat mazkur filmga mos bo‘lgan kichik rolda ishtirok etishni ma’qul deb topdi. Bu esa uning ijodiga bo‘lgan hurmati va ssenariyning chuqur mazmuni bilan bog‘liq ekanligi aytilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 136

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *