Madaniyat va dam olishUmumiy

Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivit haqida kutilmagan fakt

Turkiyaning eng mashhur va badavlat aktyorlaridan biri — Burak O‘zchivit yaqinda bergan intervyusida shaxsiy hayotiga oid kutilmagan ma’lumot berdi.

Aktyor sochlari haqida aytganlari ko‘pchilikni lol qoldirdi: u sochini deyarli 20 yil davomida o‘zi kaltalatib, o‘zi tartibga solib kelayotgan ekan.

Bundan ham qiziq jihati shundaki, Burak ba’zi filmlar uchun sochini ataylab o‘stirgan, suratga olish tugagach esa mashina yordamida yana o‘zi qirqib tashlagan.

Intervyu davomida boshlovchi bu holatga hayron bo‘lib, shunday dedi:

“Bugungi kunda mashhurlar deyarli barchasining o‘z stilistlari va sartaroshlari bor. Sizning sochingiz esa juda ideal holatda turibdi.”

Burak O‘zchivit esa bu holatni oddiy odat deb atadi va tashqi ko‘rinishining nazoratini o‘zi qo‘lga olganini aytadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *