Mashhur komik aktyor va boshlovchi Ma’mur Xolmedov YouTube’dagi “Shirin suhbat” loyihasining mehmoni bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi paytlarda ko‘payib borayotgan salbiy holatlar haqida fikr bildirdi.
Xolmedovning aytishicha, ayniqsa Instagram kabi platformalarda behayolik, agressivlik va hurmatsizlik holatlari avj olgan. U bu holatning nafaqat onlayn, balki real hayotga ham ta’sir ko‘rsatayotganidan xavotir bildirdi.

Uning fikricha, odamlar orasidagi muloqotlar tobora keskinlashmoqda va bu ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaluvchi salbiy kontent hamda shaxsiy xabar almashinuvlar orqali kuchaymoqda.
Xolmedov ijtimoiy media foydalanuvchilarini bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga, so‘z tanlashda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi va onlayn muhitni yanada salbiy holatlardan tozalash kerakligini ta’kidladi.



















