Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Munisa Rizayeva Dubayda boshidan kechirgan daxshatlar haqida so’zlab berdi

Xonanda Munisa Rizayeva Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat uning Dubaydagi hayotida qanday aks etgani haqida so‘zlab berdi.

“Biz hammamiz — qaynonam, men, turmush o‘rtog‘im, o‘g‘lim va enagamiz bilan uyimizdagi zalda o‘tirgandik. O‘sha kuni men go‘yoki nimadir bo‘lishini oldindan sezayotgandek edim. Katta derazadan ko‘chaga qarab turganimda, kutilmaganda ko‘z o‘ngimda bizning uyimizga ‘bespilotnik’ (uchuvchisiz uchish apparati) qulab tushdi. Bu juda qo‘rqinchli edi. Hammamiz vahimaga tushib,tezda uyning yerosti avtoturargohiga tushib oldik va u yerda uch soatcha o‘tirdik.

Shu payt menda juda kuchli vahima boshlandi, qayoqqa qochishni va nima qilishni bilmay qoldim. Faqat o‘g‘limni himoya qilishni o‘yladim. Keyinroq turmush o‘rtog‘im mashina tashkillashtirib, bizni Ras al-Xayma shahriga olib ketdi.

U yerda 2 kun davomida o‘zimizga kelishga harakat qildik, namoz o‘qidik, duo qildik. Keyin uyga qaytib, xavfsiz fursatni kutdik. Bu lahzalar men uchun katta sinov bo‘ldi va ‘pul hamma narsani hal qilmaydi’ degan oddiy haqiqatni yana bir bor isbotladi. Hayotda asosiysi — ko‘ngil xotirjamligi, o‘zing va yaqinlaringning sog‘ligi. Buni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmaydi”, deydi xonanda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *