Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Muqaddas Xoliqova “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmonga ko‘ra, turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan 72 nafar ayol davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ham bor. U teatr san’ati rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Muqaddas Xoliqova ko‘p yillardan buyon milliy teatr san’ati rivojiga xizmat qilib kelayotgan ijodkorlardan biri sifatida tanilgan. U sahnada turli obraz va taqdir egalarini mahorat bilan gavdalantirib, tomoshabinlar mehrini qozongan.

Aktrisa ijro etgan ko‘plab filmlar ham muxlislar tomonidan hanuzgacha qiziqish bilan tomosha qilinmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *