Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiy

26 yoshli Khabi Leym: ishsiz qolgan yigit qanday qilib dunyoning eng mashhur TikTok yulduziga aylandi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda eng taniqli blogerlardan biri hisoblangan Khabi Leymning muvaffaqiyat hikoyasi ko‘pchilik uchun ilhom manbai bo‘lib kelmoqda. Senegalda tug‘ilgan bu yigit pandemiya davrida oddiy zavod ishchisidan dunyoga mashhur internet yulduziga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Khabi Leym 2000 yil 9 martda Senegal poytaxti Dakarda tug‘ilgan. U hali juda yosh paytida oilasi bilan Italiyaga ko‘chib o‘tgan va Turin yaqinidagi oddiy ishchi hududda ulg‘aygan. Khaby Lame dastlab zavodda CNC stanok operatori bo‘lib ishlagan, biroq 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab ishidan ayrilgan.

Ishsiz qolgan yosh yigit bo‘sh vaqtini TikTok videolarini suratga olishga sarflay boshlaydi. Avvaliga u oddiy raqslar va kulgili videolar joylashtirgan. Biroq tez orada o‘ziga xos format topadi: u murakkab “layfxak” videolarini kulgili tarzda parodiya qilib, ularni eng oddiy usulda qanday bajarish mumkinligini ko‘rsatardi. Eng qizig‘i — bu videolarda u deyarli gapirmaydi, faqat mimika va mashhur qo‘l harakati bilan vaziyatni tushuntiradi.

Ana shu oddiy va universal uslub butun dunyo auditoriyasini o‘ziga jalb qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, Khabi Leym TikTok’da millionlab obunachilarga ega bo‘ldi va hatto platformadagi eng ko‘p kuzatiladigan blogerga aylandi. Bugungi kunda uning TikTok sahifasida 160 milliondan ortiq obunachi bor.

Mashhurlik ortidan yirik reklama shartnomalari ham paydo bo‘ldi. U Hugo Boss, Fortnite va boshqa global brendlar bilan hamkorlik qildi, turli shou va tadbirlarga taklif qilindi.

Oddiy zavod ishchisidan global internet yulduziga aylangan Khabi Leym bugun yoshlar uchun “imkonsiz narsa yo‘q” degan fikrning yorqin misoli sifatida ko‘rilmoqda. Uning hikoyasi esa ijtimoiy tarmoqlar hayotni qanchalik tez o‘zgartirib yuborishi mumkinligini yana bir bor isbotlaydi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 162

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *