Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“O‘tkir nishonlar” yana qaytmoqda: mashhur serialning davomi suratga olinmoqda

Mashhur britan kriminal dramasi — Peaky Blinders (o‘zbek tomoshabinlari orasida “O‘tkir nishonlar” nomi bilan tanilgan) yana ekranlarga qaytishga tayyorlanmoqda. Serial olamining davomiy loyihasi ustida suratga olish ishlari boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi loyiha asl serial voqealaridan keyingi davrni yoritadi. Hikoya Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda, 1950-yillarda kechishi rejalashtirilgan. Unda Shelbylar oilasining keyingi avlodi hamda urushdan keyin tiklanayotgan Birmingem shahri atrofidagi kurashlar tasvirlanadi.

Yangi serial ikki mavsumdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Har bir mavsum oltitadan epizoddan tashkil topadi va voqealar yana jinoyat, siyosat hamda oilaviy ziddiyatlar bilan boyitiladi.

Shuningdek, franchayzaning yana bir muhim loyihasi — Peaky Blinders: The Immortal Man filmi ham chiqarildi. Film mashhur qahramon Tommi Shelbi hikoyasining keyingi bosqichini ko‘rsatadi va 2026-yilda kinoteatrlarda namoyish etilib, keyinroq Netflix platformasida ham taqdim etiladi.

Yangi serial va film loyihalari “Peaky Blinders” olamini kengaytirib, muxlislar uchun Shelbylar oilasining yangi sahifalarini ochib berishi kutilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *