Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Muhtasham yuz yil” yulduzlari yana birga: Halit Ergench va Meryem Uzerli yangi filmda uchrashadi

Afsonaviy turk seriali — Muhtasham yuz yil muxlislarini xursand qiladigan yangilik paydo bo‘ldi. Serialda Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlari bilan mashhur bo‘lgan Halit Ergench hamda Meryem Uzerli yangi kino loyihada yana bir sahnada ko‘rinish beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, aktyorlar “Imrozda bahor” nomli yangi filmda bosh rollarni ijro etadi. Bu ularning mashhur serialdan keyin 15 yil o‘tib ilk bor birga ishlashi bo‘ladi.

Film voqealari Turkiyaning Egey dengizidagi Go‘kcheada (Imroz) orolida kechadi. Syujet hayotining yangi bosqichida uchrashgan ikki inson taqdiri va ikkinchi imkoniyat — ya’ni “hayotning ikkinchi bahori” g‘oyasi atrofida qurilgan.

Loyiha mashhur turk rejissyori O‘zjan Alper tomonidan suratga olinadi. Tasvirga olish ishlari 2026-yil bahorida boshlanishi kutilmoqda, film esa 2026 yil oxiri yoki 2027 yil boshida raqamli platformalarda namoyish etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Muhtasham yuz yil (2011–2014) turk seriali dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhurlikka erishgan tarixiy drama bo‘lib, unda Usmonli imperiyasi hukmdori Sulton Sulaymon davridagi saroy hayoti tasvirlangan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *