Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Aziza Abdullayeva kariyerasi va nega ajrashgani haqida gapirdi

O‘zbekistonning taniqli vineri, standapchi va aktrisasi Aziza Abdullayeva o‘zining ijodiy yo‘lida duch kelgan qiyinchiliklar, shaxsiy hayoti va kelajakdagi maqsadlari haqida samimiy fikrlarini “O‘zimizning gap” loyihasida bo‘lishdi.

Aziza Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U bolaligidan hazil‑mutoyiba va sahna san’ati bilan qiziqqan, bu qobiliyatni esa marhum otasidan meros deb biladi. Shu sababli san’at yo‘lini tanlab, Estrada va Sirk san’ati kollejida tahsil olgan.

O‘smirlik chog‘ida u radio va televideniyeda ko‘rinib, asta‑sekin tomoshabin e’tiborini qozonadi. Kollejni tugatgach, vaqtincha ona shahriga qaytgan bo‘lsa‑da, san’atga bo‘lgan muhabbati susaymagan. Oilaviy hayot boshlanib, farzandli bo‘lganidan keyin ham u orzularidan voz kechmaydi. Keyinchalik Toshkentga qaytib, oliy ma’lumot oladi va mashhur “Dugonalar” shousi ijodiy jamoasiga qo‘shiladi.

Shou‑biznes olamida ishlash davomida Aziza ssenariy yozish, kontent yaratish va sahna oldida yanada tajriba orttiradi. Intervyu davomida u shaxsiy hayotidagi murakkab damlar haqida ham so‘zlab berdi. Xususan, ajralish jarayoni va haddan tashqari ishonuvchan bo‘lishi ko‘pincha boshqalar tomonidan noto‘g‘ri tushunishga sabab bo‘lganini tan oldi.

Shunga qaramay, Aziza bu qiyinchiliklar uni to‘sqinlik qila olmadi — u oldinga intilib, ijod va kasbiy o‘sishga e’tibor qaratishda davom etmoqda. Bu esa nafaqat shou‑biznesda, balki shaxsiy hayotda ham sabr‑chidamlilikning muhimligini yana bir bor isbotlaydi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *