Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Tamerlan” tarixiy filmi nihoyat ilk treylerini taqdim etdi. Keng ko‘lamli loyiha allaqachon kino ixlosmandlari e’tiborini tortishga ulgurgan. Filmda buyuk sarkarda Amir Temurning shakllanish jarayoni, davlat barpo etish yo‘lidagi kurashlari hamda harbiy yurishlari badiiy talqinda yoritiladi. Treylerda esa yirik jang sahnalari, saroy hayoti va o‘sha davr muhitini aks ettiruvchi epizodlar namoyish etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, film ilk bor 2-aprel kuni O‘zbekiston, Rossiya va Belarus kinoteatrlarida namoyish etiladi. Shundan so‘ng loyiha 9-apreldan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Tojikistonda ham katta ekranlarga chiqadi.
Shuningdek, ayrim manbalarda filmning keng ommaviy premyerasi aprel oyiga rejalashtirilgani qayd etilgan.
Mutaxassislar fikricha, “Tamerlan” nafaqat tarixiy shaxs obrazini ochib beradi, balki Markaziy Osiyo tarixini keng auditoriyaga yetkazishda muhim loyihalardan biriga aylanishi mumkin.



















