Amir Khan — Bollivudning eng iste’dodli va talabchan aktyorlaridan biri sifatida tanilgan. U nafaqat aktyor, balki rejissyor va prodyuser sifatida ham kino olamida o‘z o‘rniga ega.
Aktyor 61 yoshni qarshi oldi. U o‘z faoliyati davomida ko‘plab muvaffaqiyatli filmlarda suratga tushib, hatto ayrim kartinalari “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida e’tirof etilgan.
Amir Xon ijodining o‘ziga xos jihatlaridan biri — har bir rol uchun maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rishi. U obraz talab qilsa, tashqi ko‘rinishini keskin o‘zgartirishdan ham cho‘chimaydi. Shu sababli uni “perfeksionist aktyor” deb atashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor bolaligida namunali o‘quvchi bo‘lmagan, aksincha, ko‘proq sho‘xligi bilan ajralib turgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan u o‘z yo‘lini topib, hind kinosining eng nufuzli yulduzlaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda Amir Xon nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda tanilgan aktyor bo‘lib, uning filmlari turli mamlakatlarda katta muvaffaqiyat qozonib kelmoqda.



















