KonsolMobilUmumiyYangiliklar

OpenAI kutilmaganda Sora’ni yopdi: mashhur video AI loyihasiga nima bo‘ldi?

OpenAI o‘zining eng mashhur loyihalaridan biri — Sora platformasini kutilmaganda yopishini e’lon qildi.

Sora qisqa vaqt ichida katta mashhurlikka erishgan edi. Ushbu sun’iy intellekt vositasi foydalanuvchilarga oddiy matn orqali realistik videolar yaratish imkonini berardi. Hatto u ishga tushirilganidan so‘ng qisqa muddat ichida millionlab foydalanuvchilarni jalb qilgan.

Nega loyiha yopildi?

Manbalarga ko‘ra, qarorning asosiy sabablari quyidagilar:

-Yuqori xarajatlar — Sora juda katta hisoblash resurslarini talab qilgan
-Kompaniya strategiyasining o‘zgarishi — OpenAI endi asosiy e’tiborni daromadli va muhim loyihalarga qaratmoqda
-Raqobat kuchayishi — boshqa AI kompaniyalar bilan bellashuv oshib bormoqda

Shuningdek, kompaniya kelajakda robototexnika va “real dunyoni simulyatsiya qilish” yo‘nalishlariga ko‘proq urg‘u berishni rejalashtirmoqda.

Muammolar ham bo‘lgan

Sora nafaqat mashhurlik, balki bahs-munozaralarga ham sabab bo‘lgan:

  • mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar
  • deepfake va noto‘g‘ri kontent xavfi
  • mashhur personajlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari

Bu holatlar loyiha atrofidagi bosimni yanada kuchaytirgan.

Hamkorliklar ham bekor qilindi

Qizig‘i shundaki, Sora bilan bog‘liq yirik hamkorliklardan biri — The Walt Disney Company bilan rejalashtirilgan milliard dollarlik loyiha ham yakuniga yetmay bekor qilingan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 158

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *