Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Mert Ramazan Demir yangi roli uchun 20 kg ozdi

Turk seriallari orqali mashhurlikka erishgan Mert Ramazan Demir yangi loyihasi uchun keskin o‘zgarishga qo‘l urdi. Aktyor “Delikanli” nomli serialdagi roli uchun 20 kilogramm vazn tashlaganini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur serial Show TV kanalida namoyish etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Demir bosh rolni ijro etadi. Uning yangi obrazi esa allaqachon muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Aktyor yaqinda jurnalistlar nigohiga tushib, o‘zidagi o‘zgarishlar haqida shunday degan:
“Juda ozdim, aniq 20 kilogramm vazn tashladim. Hozir sport bilan muntazam shug‘ullanyapman va ovqatlanishimga jiddiy e’tibor beryapman”.

Demirning yangi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda turlicha baholanmoqda. Ayrim muxlislar uning fidoyiligini yuqori baholayotgan bo‘lsa, boshqalar bunday tez ozish sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shunga qaramay, aktyorning yangi roli va “Delikanli” seriali allaqachon mavsumning eng kutilayotgan loyihalaridan biriga aylanib ulgurdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 165

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *