Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Italiyadagi muzeydan mashhur rassomlar asarlari o‘g‘irlab ketildi

Italiyaning Parma shahri yaqinidagi muzeyda yirik o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxslar mashhur rassomlar — Pierre-Auguste Renoir, Paul Cézanne va Henri Matisse asarlarini o‘g‘irlab ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, niqobli to‘rt nafar shaxs muzey hududiga tunda kirib, atigi bir necha daqiqa ichida qimmatbaho kartinalarni olib chiqib ketgan. O‘g‘irlangan asarlar orasida Renoirning “Baliqlar’’, Sezanning “Gilosli natyurmort” hamda Matisse’ning “Terassadagi odaliska” nomli ishlari bor.

Ularning umumiy qiymati bir necha million yevroga baholanmoqda. Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Mutaxassislar bu o‘g‘rilik oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 165

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *