O‘zbek aktrisasi Ra’no Yarasheva intervyularidan birida ijodiy faoliyati boshlanishi va san’atdagi ilk qadamlariga to‘xtaldi.Uning aytishicha, xonanda Rayhon G‘aniyeva uning she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar orqali keng ommaga tanilgan. “20 ga yaqin she’rlarim qo‘shiqqa aylantirilgan. Buni maqtanish uchun emas, fakt sifatida aytyapman. Rayhon aynan shu qo‘shiqlar bilan hit darajasiga chiqqan”, — deydi Yarasheva. Shuningdek, u mashhur bo‘lgan asarlarini ham sanab o‘tdi. Jumladan, “Men ne chun yaraldim Ollohim”, “Gulga sira hushim yo‘q”, “Bulbul bilan ishim yo‘q”, “Yodingdami” va “Yor-yor” kabi she’rlar xonanda ijrosida ommalashgan.



















