IU va Byeon Woo-seok muxlislarini hayratda qoldirgan xabar aslida 1-aprel hazili bo‘lib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yulduz turmush qurayotgani haqida e’lon tarqaldi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu “yangilik” ularning yangi dorama loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Aslida ushbu “to‘y” sahnalari aktyorlar bosh rolni ijro etayotgan yangi serial syujetiga tegishli. Ma’lumotlarga ko‘ra, doramaning ilk qismi 2026-yil 10-aprel kuni efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
1-aprel — butun dunyoda hazil va “aldov” yangiliklar tarqatiladigan kun bo‘lgani uchun bu kabi xabarlar tezda tarqalib, muxlislarni chalg‘itib qo‘yadi.



















