Brandy yana bir muhim yutuqqa erishdi — u Gollivuddagi mashhur Hollywood Walk of Fame xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, 47 yoshli “Gremmi” mukofoti sovrindori va “Sinderella” filmi yulduzi 30-mart kuni ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlangan. Bu yulduz Shon-shuhrat xiyobonidagi 2839-yulduz sifatida ro‘yxatga kiritildi.
Taqdirlash marosimida mashhur san’at vakillari ishtirok etib, Brandyning musiqa va kino sohasidagi hissasini alohida e’tirof etishdi.
Xonanda o‘z nutqida bolaligidan sahnaga bo‘lgan ishtiyoqi va orzulari haqida gapirib, bu mukofot uning uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Ma’lumki, Hollywood Walk of Fame — kino, musiqa va boshqa ko‘ngilochar sohalarda katta hissa qo‘shgan yulduzlarga bag‘ishlangan ramziy maskan bo‘lib, unda minglab mashhurlar nomi abadiylashtirilgan.



















