Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Britaniya Kanye Westsiz qoldi: reperga mamlakatga kirish taqiqlandi

Kanye West (Ye nomi bilan ham tanilgan) Buyuk Britaniyaga kirish huquqidan mahrum qilindi. Mamlakat hukumati uning kirishini “jamoat manfaatlariga zid” deb baholagan.

Qarorga reperning avvalgi antisemit bayonotlari va mojaroli chiqishlari sabab bo‘lgan. Shu bois uning vizasi bekor qilinib, mamlakat hududiga kirishi rasman taqiqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Kanye West Londonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik Wireless Festivalda bosh sahna yulduzi sifatida chiqish qilishi kerak edi. Biroq taqiq sabab festival to‘liq bekor qilindi va barcha chiptalar qaytarilishi e’lon qilindi.

Mazkur qaror Britaniyada katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Siyosatchilar va jamoatchilik vakillari buni nafratga qarshi qat’iy choralar sifatida baholamoqda.

Shu tariqa, mashhur reperning navbatdagi mojarosi uning xalqaro faoliyatiga yana bir jiddiy zarba bo‘ldi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 169

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *