JozibadorTOPUmumiy

Dunyodagi eng qimmatbaho 5 ta sumka

Dunyo moda olamida ayrim sumkalar nafaqat aksessuar, balki haqiqiy san’at asari va investitsiya sifatida ham baholanadi. Ularning narxi millionlab dollargacha yetadi.

1 Eng qimmat sumkalar reytingida birinchi o‘rinni Mouawad tomonidan yaratilgan “1001 Nights Diamond Purse” egallaydi. Ushbu sumka 3,8 million dollarga baholanib, 4 500 dan ortiq olmos bilan bezatilgan.

2 Hermès Kelly Rose Gold — $2 million

12 ta nusxada yaratilgan mazkur sumka 1160 ta olmos bilan bezatilgan va timsoh terisini eslatuvchi pushti oltindan yasalgan.

3 Hermès Birkin by Ginza Tanaka — $1.9 million

Yaponiyalik dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan mazkur Birkin klatchi 200 dona olmos bilan bezatilgan. Uning markaziy qismida nok shaklidagi 8 karatli olmos o‘rnatilgan bo‘lib, uni yechib olish va alohida aksessuar bezak sifatida taqish mumkin.


4 Hermès Chaine d’Ancre Bag — $1.4 million

Faqat uch dona nusxaga ega mazkur g‘ayrioddiy sumka dizayni qamoqxona mavzusida bo‘lib, zanjirlar va bezaklar 1160 dona olmosdan iborat.

5 Lana Marks Cleopatra Clutch — $400,000 Lana Marks Kleopatra klatchining narxi 100 000 dan 400 000 dollargacha. Dizaynerlik uyi har yili faqat bitta yangi sumka ishlab chiqadi va ularning har biri rangi va dizayni bilan farq qiladi.
Bugungi kunda xitoylik aktrisa va qo‘shiqchi Li Bingbing eng qimmat Kleopatra sumkasiga egadir. Lana Marks va dizaynerlar uning libosiga mos kelishi uchun sumkani umumiy qiymati 40 karat bo‘lgan 1600 ta oq olmos bilan bezagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 167

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *