Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Jahongir Otajonov: “Yulduz Usmonova bilan duet aytmayman”

O‘zbek shou-biznesida yana bir shov-shuvli bayonot yangradi. Xonanda Jahongir Otajonov mashhur san’atkor Yulduz Usmonova bilan duet kuylamasligini ma’lum qildi.

San’atkorning aytishicha, u Yulduz Usmonovani ijodkor sifatida tan olsa-da, shaxs sifatida hurmat qilmasligini ochiq bildirgan. Shu sababli ular o‘rtasida hamkorlik bo‘lishi ehtimoli yo‘qligini ta’kidlagan.

Bu bayonot ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim muxlislar xonandaning fikrini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar esa ikki san’atkor o‘rtasidagi munosabatlar nega bunday keskin tus olganiga qiziqish bildirmoqda. Hozircha Yulduz Usmonova ushbu gaplarga rasmiy munosabat bildirmagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 171

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *