Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Turkiyada shov-shuvli reyd: Sinem Unsalga order chiqarildi, Burak Deniz haqida gumonlar

9-aprel kuni Turkiyada “Tong” nomli giyohvandlikka qarshi kurash operatsiyasi doirasida mashhurlarga qarshi yangi reyd boshlandi. Ma’lum qilinishicha, prokuratura e’tiboriga jami 14 nafar shaxs, jumladan taniqli aktyorlar ham tushgan.

Jurnalistlar xabariga ko‘ra, tintuv jarayonida Burak Deniz yonidan taqiqlangan moddalar topilgani aytilmoqda. Hozircha aktyorning rasmiy vakillari bu borada izoh bermagan. Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, u jiddiy huquqiy muammolarga duch kelishi, hatto qamoq jazosi va yirik reklama shartnomalaridan ayrilishi mumkin.

Shuningdek, “Olis shahar” seriali yulduzi Sinem Ünsalga nisbatan ham hibsga olish orderi chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Dastlab aktrisaning to‘liq ismi tufayli chalkashlik yuzaga kelgan bo‘lsa-da, keyinchalik aynan mashhur aktrisaning o‘zi bu xabar o‘ziga tegishli ekanini tasdiqladi.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berib, voqea haqida endigina xabar topganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda suratga olish ishlari sabab Mardinda bo‘lib turibdi va yaqin kunlarda Istanbulga borib, barcha zaruriy ko‘rsatmalarni berishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u o‘z nomining bunday holatda tilga olinayotganidan norozi ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur operatsiya doirasida avvalroq Hande Erçel ham tekshiruvdan o‘tgan edi. Biroq sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, aktrisaning taqiqlangan moddalar iste’mol qilmagani aniqlanib, unga nisbatan barcha gumonlar rad etilgan.

Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda. Mazkur voqea Turkiya shou-biznesida katta rezonans uyg‘otib, jamoatchilik tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 171

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *