Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

G‘aybulla Tursunov Buxorodan kelgan muxlisasi uchun kutilmagan syurpriz qildi

Taniqli xonanda G‘aybulla Tursunov o‘zining sodiq muxlisalaridan biri uchun unutilmas syurpriz uyushtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxorolik Dildora ismli muxlisa uzoq yillardan buyon xonandaning ijodini qo‘llab-quvvatlab keladi. U qayerda konsert bo‘lmasin, imkon qadar qatnashib, faol muxlis sifatida ajralib turgan.

Shu sababli bu safar G‘aybulla Tursunov tashabbusni o‘z qo‘liga olib, muxlisasi uchun maxsus uchrashuv tashkil etdi. Xonanda Toshkentga kelgan Dildora opa bilan uchrashib, dasturxon yozdi va samimiy suhbat qurdi.

San’atkorning aytishicha, bu kun nafaqat muxlisa, balki uning o‘zi uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. U Dildora opani faqat muxlis emas, balki doimo yaxshi kayfiyat ulashadigan inson sifatida ta’riflagan.

Mazkur samimiy uchrashuv ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq fikrlar bilan qarshi olindi. Ko‘pchilik bu voqeani san’atkor va muxlis o‘rtasidagi chinakam mehr va hurmat namunasi sifatida baholamoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 200

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *