Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Ben Afflek Jennifer Lopes bilan birga olingan 60 mln dollarlik uyidan voz kechdi

Gollivud aktyori Ben Affleck sobiq turmush o‘rtog‘i Jennifer Lopez bilan birgalikda xarid qilingan hashamatli uydagi o‘z ulushidan voz kechdi.

Ma’lum qilinishicha, aktyor Beverli-Xillzda joylashgan qiymati qariyb 60 million dollarga teng bo‘lgan ushbu uy ulushini Lopezga bepul topshirgan.

Mazkur qaror sobiq juftlik o‘rtasidagi ajrimdan keyin qabul qilingan. Hujjatlarga ko‘ra, ular mulk bo‘yicha kelishuvni o‘zgartirib, uyning to‘liq egaligini Jennifer Lopes nomiga rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, juftlik ushbu hashamatli uyini 2023-yilda taxminan 60,8 million dollarga xarid qilgan va uni “orzular uyi”ga aylantirish uchun katta mablag‘ sarflagan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, ular ajrashib, uyni sotishga uringan, ammo xaridor topilmagan. Shundan so‘ng Ben Affleck o‘z ulushini to‘liq topshirishga qaror qilgan. Natijada, hozirda mazkur mulk to‘liq Jennifer Lopez egaligiga o‘tgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 198

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *