Mashhur People jurnali tomonidan e’lon qilingan yangi reytingda dunyoning eng go‘zal aktrisasi nomi ma’lum bo‘ldi.
Nashrga ko‘ra, bu yil ushbu unvonga Enn Xeteuey loyiq deb topildi. Aktrisaning nafis go‘zalligi, yillar davomida saqlab kelayotgan jozibasi hamda o‘ziga xos uslubi yuqori baholangan.

Mazkur e’tirof ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar ushbu tanlovni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ayrimlar boshqa nomzodlar ham munosib bo‘lganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, People jurnali har yili mashhurlar orasidan eng go‘zal ayolni tanlab, maxsus ro‘yxatni e’lon qiladi. Reyting nafaqat tashqi ko‘rinish, balki shaxsiy imij, o‘ziga ishonch va umumiy joziba asosida shakllantiriladi.



















