Tepaga multfilmidagi sharlar yordamida osmonga ko‘tarilgan uy ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Ammo ko‘pchilikni qiziqtirgan savol — bu uy haqiqiy hayotda ham bormi?
Aslida, multfilmdagi uy to‘liq fantastik g‘oya hisoblanadi. Ya’ni, minglab sharlar yordamida butun bir uyni osmonga uchirish real hayotda amalda imkonsiz.

Biroq, ushbu g‘oya ilhomida yaratilgan real loyihalar ham mavjud. Masalan, Airbnb multfilmga o‘xshash uyni maxsus loyiha sifatida qurib, uni sayyohlar uchun ijaraga taqdim etgan. Bu uy kran yordamida ko‘tarilib, mehmonlarga “uchayotgan uy” hissini berish uchun yaratilgan.
Shuningdek, multfilmda tasvirlangan ba’zi manzaralar real joylardan ilhomlangan. Masalan, undagi mashhur sharshara Venesueladagi Anxel sharsharasi asosida yaratilgan



















