G‘aroyibSayohatUmumiyYangiliklar

20 million yevroga butun boshli qishloq sotilmoqda

Tasavvur qiling: siz nafaqat uy, balki butun boshli qishloqni sotib olishingiz mumkin. Ha, bu hazil emas.

Irlandiyada noyob taklif paydo bo‘ldi — tarixiy Village at Lyons qishlog‘i sotuvga qo‘yildi. Narxi esa — taxminan 20 million yevro.

Oddiy qishloq emas — premium darajadagi hayot

Bu hudud oddiy qishloq emas. U 20 gektardan ortiq maydonni egallagan va hozirda 5 yulduzli mehmonxona sifatida faoliyat yuritadi.

Ichida:

  • bir nechta tarixiy binolar
  • 30 dan ortiq xonalar
  • kottejlar
  • restoranlar
  • spa va dam olish zonalari

bor.

Qisqasi, bu joy ko‘proq mini-shahar + luks kurort kombinatsiyasini eslatadi.

Qishloq XVIII asrda paydo bo‘lgan va bir vaqtlar ishlab chiqarish markazi hisoblangan. Keyinchalik esa qarovsiz holga kelib qolgan.1990-yillarda Tony Ryan tomonidan qayta tiklanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Bugungi kunda esa u tarix va zamonaviy qulayliklarni birlashtirgan noyob mulkka aylangan.

Bunday taklif odatiy xaridorlar uchun emas. Mutaxassislar fikricha, bu:

  • milliarderlar
  • investorlar
  • yoki eksklyuziv biznes qilishni istaganlar

uchun mo‘ljallangan.

Chunki bu joyni:

  • shaxsiy rezidensiya
  • mehmonxona
  • yoki dam olish maskani

sifatida ishlatish mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 182

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *