Tasavvur qiling: siz nafaqat uy, balki butun boshli qishloqni sotib olishingiz mumkin. Ha, bu hazil emas.
Irlandiyada noyob taklif paydo bo‘ldi — tarixiy Village at Lyons qishlog‘i sotuvga qo‘yildi. Narxi esa — taxminan 20 million yevro.
Oddiy qishloq emas — premium darajadagi hayot
Bu hudud oddiy qishloq emas. U 20 gektardan ortiq maydonni egallagan va hozirda 5 yulduzli mehmonxona sifatida faoliyat yuritadi.
Ichida:
- bir nechta tarixiy binolar
- 30 dan ortiq xonalar
- kottejlar
- restoranlar
- spa va dam olish zonalari
bor.
Qisqasi, bu joy ko‘proq mini-shahar + luks kurort kombinatsiyasini eslatadi.
Qishloq XVIII asrda paydo bo‘lgan va bir vaqtlar ishlab chiqarish markazi hisoblangan. Keyinchalik esa qarovsiz holga kelib qolgan.1990-yillarda Tony Ryan tomonidan qayta tiklanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Bugungi kunda esa u tarix va zamonaviy qulayliklarni birlashtirgan noyob mulkka aylangan.
Bunday taklif odatiy xaridorlar uchun emas. Mutaxassislar fikricha, bu:
- milliarderlar
- investorlar
- yoki eksklyuziv biznes qilishni istaganlar
uchun mo‘ljallangan.
Chunki bu joyni:
- shaxsiy rezidensiya
- mehmonxona
- yoki dam olish maskani
sifatida ishlatish mumkin.



















