Dunyo bo‘ylab millionlab muxlisga ega BTS atrofida kutilmagan mojaro yuzaga chiqdi. Sahna ortidagi bu voqea K-pop sanoatini larzaga solishi mumkin.
Janubiy Koreyada BTS guruhining asoschisi va bosh prodyuseri — Pan Si-hyuk atrofida jiddiy ayblovlar paydo bo‘ldi.
100 million dollarlik shubha
Mahalliy rasmiylar Pan Si-hyukni investorlar bilan bog‘liq moliyaviy firibgarlikda gumon qilmoqda. Gap shundaki, u ayrim investorlardan katta miqdorda — taxminan 100 million dollar atrofidagi mablag‘ni noqonuniy yo‘l bilan jalb qilgan bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda va agar ayblovlar tasdiqlansa, u hibsga olinishi ehtimoli bor.
BTS taqdiri nima bo‘ladi?
Bu mojaro fonida muxlislarni bitta savol qiynamoqda: endi BTS bilan nima bo‘ladi?
BTS — dunyodagi eng mashhur K-pop guruhlardan biri bo‘lib, 2013-yilda tashkil topgan va global darajada katta muvaffaqiyatga erishgan.
Hozircha guruh faoliyatiga bevosita ta’sir qilishi haqida rasmiy bayonot berilmagan.



















