Madaniyat va dam olish

Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning Toshkentdagi to‘yiga tayyorgarlik: taklifnomalar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Emre Kiviljim va aktrisa Yulduz Rajabovaning yaqin kunlarda to‘y qilishi haqida xabarlar keng tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, juftlik Toshkentda bo‘lib o‘tadigan nikoh marosimi oldidan taklifnomalarni tarqatishni boshlab yuborgan.

Tarqalgan videolarda aktrisa Rano Shodiyeva ham ushbu quvonchli voqeaga o‘z munosabatini bildirgan. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Mendirman Jaloliddin” loyihasidagi “farzandlari”ning hayotida yangi bosqich boshlanayotganidan nihoyatda xursand ekanini yozgan.

Aktrisaning ta’kidlashicha, bu muhabbat barchaning ko‘z o‘ngida paydo bo‘lgan va ijodiy jamoa ularni doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Shuningdek, Rano Shodiyeva yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan to‘yda yoshlarning baxtiga sherik bo‘lib, ular bilan birga raqsga tushishini ham aytib o‘tgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 139

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *