Madaniyat va dam olish

Abduqodir Husanov ota-onasini hashamatli villa bilan quvontirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Manchester City himoyachisi Abduqodir Husanov aprel oyida yurtimizga tashrif buyurdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi O‘zbekistonga jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish maqsadida kelgan.

Tashrif davomida uning ota-onasi uchun qimmatbaho ko‘chmas mulk xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, Husanov Imarat Development tomonidan amalga oshirilayotgan Imarat Hills loyihasidan 330 ming AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy villani tanlagan.

Bu haqda kompaniya asoschisi Marot Xayrullayevich ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan. Aytilishicha, futbolchi shaxsan sotuv ofisiga tashrif buyurib, loyiha bilan yaqindan tanishgan va aynan shu majmuani tanlagan.

Abduqodir Husanov so‘nggi yillarda O‘zbekiston futbolining eng yorqin vakillaridan biriga aylanib ulgurdi. U Yevropadagi faoliyati davomida sezilarli o‘sishni namoyon etib, ayni paytda Angliyaning yetakchi klublaridan biri safida to‘p surmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi 2026 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida milliy jamoa tarkibida ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, u yaqinda Manchester City safida fevral–mart oylarining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 139

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *