Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Xonanda Farhod oilaviy ajrim sababi haqida ilk bor ochiq gapirdi

Xonanda Farhod shaxsiy hayotidagi muhim qarorlardan biri — rafiqasi bilan ajrashgani haqida ochiq fikr bildirdi. San’atkorning aytishicha, har bir oilaning ichki hayoti faqat o‘sha oilaning o‘ziga ayon bo‘ladi.

Farhodning ta’kidlashicha, ularning ajrimi janjal yoki keskin kelishmovchilik sabab emas, balki ikki tomonning o‘zaro roziligi bilan yuz bergan. Xonanda sobiq turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlar do‘stona ruhda yakunlanganini ham aytdi.

“Birovning oilasiga hech kim tushib ko‘rmagan, yashab ko‘rmagan. Bizda hammasi rozi-rizoligida bo‘lgan. U ham shu qarorga kelgan — men uning odami emasman, men ham shu qarorga kelganman — u mening odamim emas. Biz bu oilani do‘stlik notasida to‘xtatganmiz”, — dedi xonanda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *