Afsonaviy aktyor Jackie Chan ishtirokidagi “Mo‘jizaviy aslahalar” franshizasining yangi qismi ustida ish boshlandi. “Mo‘jizaviy aslahalar 4” filmining suratga olish jarayonlari Qozog‘iston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, filmning ayrim sahnalari:
- tog‘li hududlar
- qadimiy me’moriy joylar
- Markaziy Osiyo atmosferasi
aks etgan lokatsiyalarda suratga olinadi.
Muxlislar esa internetda allaqachon:
“Jackie Chan yana qaytyapti”
“Bolaligimizdagi franchayza qaytmoqda”
deya hayajon bilan izoh qoldirmoqda.
Hozircha filmning:
- rasmiy syujeti
- premyera sanasi
- aktyorlar tarkibi
to‘liq oshkor qilinmagan. Ammo loyiha xalqaro sarguzasht filmi sifatida tayyorlanayotgani aytilmoqda.

















