Ko‘ngilocharSayohatTOPUmumiy

Britaniya qirollik oilasida hanuz amal qiladigan  g‘ayrioddiy 7 taqiqlar

Tashqaridan qaraganda qirollik oilasi a’zolarining hayoti hashamat va qulayliklarga to‘la tuyuladi. Biroq bu maqom bilan birga ko‘plab qat’iy qoidalar va taqiqlar ham keladi. Britaniya qirollik oilasi a’zolari bugungi kunda ham yuzlab an’analarga amal qilishadi. Ulardan ayrimlari esa ko‘pchilikka g‘alati tuyulishi mumkin.

 Oyoqni chalishtirib o‘tirish taqiqlangan
Qirollik protokoliga ko‘ra, ayollar jamoat oldida oyoqlarini bir-birining ustiga tashlab o‘tirmasligi kerak. Odatda tizzalarni birga tutgan holda yoki oyoqlarni yon tomonga biroz qiyalatib o‘tirish tavsiya etiladi.

Imzo qo‘yish va selfi qilish mumkin emas
Qirollik oilasi a’zolari avtograf bermaydi va muxlislar bilan selfi tushishdan ham qochadi. Bu xavfsizlik hamda imzolarning qalbakilashtirilishining oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Pul haqida gapirish mumkin emas
Qirollik vakillari omma oldida shaxsiy daromadlari, boyligi yoki moliyaviy masalalarni muhokama qilmaydi. Bu mavzu qirollik etiketi doirasida nomaqbul hisoblanadi.

Tirnoqlarni yorqin ranglarga bo‘yash tavsiya etilmaydi
Qirollik oilasi ayollari odatda tabiiy yoki och pushti rangdagi laklardan foydalanadi. Juda yorqin va e’tiborni tortuvchi ranglar protokolga mos kelmaydi.

Ikki voris birga sayohat qilishi mumkin emas
Taxt uchun navbatdagi ikki voris ma’lum yoshdan keyin bir samolyotda uchmasligi kerak. Bu qoida favqulodda vaziyatlarda vorislik tizimini saqlab qolish maqsadida joriy qilingan.

Sport musobaqalarida hissiyotlarni nazorat qilish lozim
Qirollik a’zolari stadion yoki sport tadbirlarida haddan tashqari hissiyotga berilishi, baland ovozda qichqirishi yoki hakamlar qarorlarini tanqid qilishi mumkin emas.

Monarxga tegish mumkin emas
Qirol yoki qirolicha bilan uchrashuvda birinchi bo‘lib qo‘l uzatish, quchoqlash yoki jismoniy aloqa qilish protokolga zid hisoblanadi. Aloqa faqat monarx tashabbusi bilan bo‘lishi mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 238

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *