G‘aroyibKo‘ngilocharKonsolKulguMobilUmumiy

Janubiy koreyalik erkak attraksionda uchayotib Zoom yig‘ilishida qatnashdi

Janubiy Koreyada yashovchi erkakning noodatiy harakati ijtimoiy tarmoqlarda millionlab tomoshalarni yig‘di. U Amerika tepaliklarida uchayotgan paytda ham ish uchrashuvini tark etmay, Zoom orqali yig‘ilishda qatnashgan.

Tarqalgan videoda erkak attraksionning eng tez va keskin burilishlari vaqtida ham telefonini ushlab turgan holda Zoom yig‘ilishini davom ettirayotgani ko‘rinadi. Atrofdagilar qichqirayotgan bir paytda u ish masalalarini muhokama qilishda davom etgan.

Videoga ko‘ra, Zoom’dagi boshqa ishtirokchilar erkakning qayerda ekanini avvaliga tushunmagan. Keyinchalik uning attraksionda uchayotgani ma’lum bo‘lgach, yig‘ilish qatnashchilari kulgi va hayrat bilan munosabat bildirgan.

Video qisqa vaqt ichida TikTok, Instagram va X platformalarida keng tarqalib, millionlab tomosha va minglab izohlarni to‘pladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar uni “eng mas’uliyatli xodim”, boshqalar esa “ishga haddan tashqari berilib ketgan odam” deb atadi.

So‘nggi yillarda masofadan ishlash ommalashgani sabab odamlar turli noodatiy joylardan turib onlayn uchrashuvlarda qatnashmoqda. Biroq attraksionda uchayotib Zoom yig‘ilishiga ulanish holati internet foydalanuvchilari uchun ham yangilik bo‘ldi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 247

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *